«YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!»

Tumanimizda «Yoshlar kuni»ga bag‘ishlangan bayram tadbiri ana shu shior ostida ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Tuman markazidagi «Paxtakor» o‘yingohi minglab yoshlar vakillarini o‘z bag‘riga oldi. Marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari O.Bozorov, tuman hokimi Sh.Musayev, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzatovlar so‘zga chiqib, barcha yoshlarni samimiy tabrikladilar.

Tadbirda uychilik yoshlar ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarga javoban fan olimpiadasi, turli sport musobaqalari, respublika, jahon miqyosidagi san’at festivallarida muvaffaqiyatli qatnashishayotgani e’tirof etildi va alohida o‘rnak ko‘rsatgan yetakchilar, sportchilarga «Tashakkurnoma», qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tuman madaniyat bo‘limi xonandalari, viloyatimizdagi taniqli san’atkorlar, estrada xonandasi Jaloliddin Ahmadaliyev ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, harbiy qism askarlarining ko‘rgazmali chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.

Gala konsert mushakbozlik bilan yakunlandi.

Ma’rufjon YUSUBJONOV,

tuman Kengashi deputati.