HAJ SAFARIDAN QAYTISHDI

Tumanimizdan joriy yilda 114 nafar hamyurtimiz muborak Haj safarida bo‘ldi.

-1-son politexnikumida ularni kutib oldik, – deydi tuman hokimligi bosh mutaxassisi Komiljon Zokirjonov. – Hojilarimiz yurtimizga tinchlik, omonlik tilab, duolar qilishdi. Bu yilgi Haj mavsumi ham namunali tashkil etildi.

Politexnikum foyesida tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Muminov, S.Ahmadaliyeva, tuman IIB boshlig‘i U.Eshanov, tuman bosh imom xatibi O.Isakov, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Dedaxanovalar hoji ota va onalarni kutib olib, samimiy tilaklar bildirishdi.