QONUNGA XILOF RAVISHDA
Chegaradan o‘tish tartib-qoidalari qonunchilik bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Uni buzib, noqonuniy yo‘llar bilan o‘tish esa jinoyatdir.
Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi P.N. Uchqo‘rg‘on tumani «Ulug‘bek» MFY hududidan o‘tgan Qirg‘iziston O‘zbekiston Respublikalarini ajratib turuvchi chegara bo‘yiga kelib, aylanma yo‘llar bilan qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasidan Qirg‘iziston Respublikasiga chegarani yorish yo‘li bilan o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida harbiy xizmatchilar tomonidan ushlangan.
O‘zbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi 2-qismi «a, v» bandida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi, ushbu holatda tergov harakatlari o‘tkazish zarurligi inobatga olinib, P.N.ga nisbatan mazkur modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlariga kirishildi. P.N. endi qonun oldida javob beradi.
Sh.ORZIG‘OFUROV,
«Yangiqo‘rg‘on» chegara xizmati harbiy xizmatchisi.

