HARBIY ONASIGA ESDALIK NISHONI TOPSHIRILDI

Qahramon mahallasida yashovchi Jamilaxon opa va Abdurahim aka O’rmonovlar xonadoni namunali oilalardan. Ular ikki o’g’ilni voyaga yetkazishdi.
Oilaning to’ng’ichi Mirzohid Abdug’afforov harbiylikni tanladi. U Vatanga sidqidildan xizmat qilib kelmoqda. Shunday mard, jasur, sadoqatli o’g’il farzand tarbiyalab ulg’aytirganlari uchun harbiy qism komandiri, podpolkovnik M.Safarov nomidan «Tashakkurnoma» hamda Jamilaxon Mirzolimovaga «Vatan himoyachisining onajoniga» estalik nishoni tantanali topshirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Dedaxanova, Qahramon MFY raisi K.Yunusova, jamoatchilik vakillari onaxonni qutlab, samimiy tilaklar bildirishdi.
Mohira XOLMIRZAYEVA,
tuman Kengashi deputati.