ZAMONAVIY SAYYOHLIK MAKONIGA AYLANADI

Norin daryosi va yirik kanallar sohillari endi zamonaviy sayyohlik makoniga aylantiriladi.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning turizmni rivojlantirish, tabiiy va tarixiy manzillar asosida yangi turizm markazlarini yaratish bo’yicha topshiriqlariga muvofiq Namangan viloyatida ham keng qamrovli ishlarga kirishilgan.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Norin GESlar kaskadi atrofida tashkil etilayotgan ana shunday loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Kaskadning Uychi tumani hududidagi 20 gektar yer maydonida turistik saylgoh tashkil etilishi, ko’p qavatli uylar qurilishi ko’zda tutilgan. Xususan, «Bo’ston» MFY hududidan oqib o’tuvchi Norin daryosi qirg’oqlarida turizm loyihasi amalga oshiriladi. Undan sport maydoni, dam olish maskani, cho’milish havzasi, kemping zonasi joy oladi.
Viloyat rahbari tadbirkorlar bilan muloqot chog’ida loyihalarga o’z takliflarini berdi va jadallik bilan ishga kirishishni ta’kidladi.