ZO‘RAVONLIKSIZ HAYOT UCHUN!

O’zXDP tuman kengashi tashabbusi bilan tuman hokimligi, xotin-qizlar qo’mitasi, tuman IIB hamkorligida jamiyatda zo’ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, oilada va jamoada zo’ravonlikka yo’l qo’ymaslik madaniyatini yuksaltirish, jabrlanuvchilarga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko’rsatish mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida Bo’yog’on mahallasida «Zo’ravonliksiz hayot uchun!» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda ishtirok etgan tuman Kengashi deputati R.Nazarova ayollar huquqlari, ijtimoiy himoya va oilaviy munosabatlar borasida, tuman xotin-qizlar qo’mitasi bosh mutaxassisi M.Asqarov «Xotin-qizlarni zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida»gi Qonun va amaliyotdagi mexanizmlar haqida ma’lumot va tushunchalar berishdi.
Davra suhbati ishtirokchilar tomonidan qizg’in bahslarga boy tarzda o’tdi.

G’anisher JO’RAYEV,
O’zXDP tuman kengashi raisi.