«MAHORATLI O‘QITUVCHI – MILLAT TAYANCHI»

Tuman madaniyat markazida yangi o’quv yili oldidan «Mahoratli o’qituvchi – millat tayanchi» to’rtinchi ustozlar milliy forumi bo’lib o’tdi.
Unda tumandagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlari, o’qituvchi va tarbiyachilar ishtirok etdilar.
Forumda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i E’zoza Turaboyeva so’zga chiqib, ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi rejalar haqida so’zladi.
Ustozlar milliy forumida ta’lim sohasidagi yutuqlar e’tirof etilib, fidoyilardan bir guruhi rag’batlantirildi.
Shu kuni o’quvchilarning qo’l mehnati bilan tayyorlangan ko’rgazmalar namoyish qilindi. Ustozlar o’zaro fikr va tajriba almashdilar, yangi rejalarni belgilab oldilar.