442 NAFAR O’QUVCHIGA MAKTAB FORMASI TOPSHIRILDI
Yangi o’quv yili arafasida tumanimizdagi ehtiyojmand oila farzandlaridan 442 nafariga maktab formasi topshirildi.
-Investitsiyaning eng kattasi bu ta’limga kiritilgani bo’ladi, – dedi tuman hokimi Sh.Musayev. – Har bir ota-ona bugun farzandining ta’limiga, tarbiyasiga e’tibor bersa, zamonaviy bilim, hunarga o’rgatsa, yillar o’tib bu harakat o’z mevasini beradi. Mana, deyarli har kuni tumanimiz yoshlari turli yo’nalishdagi musobaqalarda g’olib bo’lyapti, IT mutaxassislari, til biladigan yigit-qizlarimiz soni ortmoqda. Bolalar maktab ta’limidan tashqari yana ilm olsin, til o’rgansin, qo’shimcha kasb egallasin. Siz ota-onalar shu masalada ko’mak bersangiz, biz ham qarab turmaymiz, qo’limizdan kelgunicha qo’llab-quvvatlashga tayyormiz.

