UCH AVLOD UCHRASHUVI
Milliy qadriyatlar, oila va ustozlarga hurmat, ilm va mehnatga rag’bat tuyg’ularini kuchaytirish maqsadidagi ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.
Jiydakapa madaniyat markazida tashkil qilingan tadbirda Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik X.Xidirov, iste’fodagi serjant N.Boymatov, NamDU professori S.Saydaliyev, shoir A.Yusupovlar so’zga chiqdilar. Grant asosida o’qishga kirgan o’n nafar yoshlar e’tirof qilindi.
Viloyat Kengashi deputati, tuman hokimining maslahatchisi, «Nuroniy» jamg’armasi tuman bo’limi raisi T.Ismatillayev uch avlodning muloqoti – tarbiya maktabi, millat faxri, milliy birligimiz ramzi ekani haqida gapirib, mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi.
Malikaxon Tojiboyeva ko’p yillardan buyon «Nuroniy» jamg’armasi tuman bo’limi bosh mutaxassisi vazifasida samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. «Uch avlod uchrashuvi»da ularning fidoyi mehnatlari alohida e’tirof qilindi. Ularga «Nuroniy» jamg’armasi tuman bo’limi, O’zbekiston Mahallalar uyushmasi tuman bo’limining «Tabriknoma»lari taqdim qilindi.
San’atkorlar ijrosidagi qo’shiqlar davraga yanada fayz kiritdi.

