ARZON GO‘SHT SOTILMOQDA

Mustaqillik bayrami oldidan tuman «Dehqon bozori»da arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etildi.
Chetdan keltirilgan hamda mahalliy go’sht va go’sht mahsulotlari yarmarkasida mol go’shti 74 ming so’mdan 115 ming so’mgacha, parranda go’shti 33 ming so’mdan 50 ming so’mgacha sotilmoqda.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur do’kon kech soat 23.00 ga qadar faoliyat ko’rsatmoqda.