«MEHNAT FAXRIYSI» KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI

Pop tumanida yangi istirohat bog’i ochilishi va «Uch avlod uchrashuvi» bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llabquvvatlash «Nuroniy» jamg’armasi Vasiylik Kengashining 2025-yil 28-iyuldagi qarori bilan bir guruh faol mehnat faxriylariga «Mehnat faxriysi» ko’krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Ular safida tumanimizdan ham uch nafar mehnat faxriysi bor. Ko’p yillar «Uychinoma» gazetasi radioaxborot bo’limi mudiri bo’lib faoliyat ko’rsatgan Mahammadjon Qodirov, «Xalq ta’limi a’lochisi», Mustaqillik MFY keksalar maslahat guruhi raisi Tursunboy Xudoyberdiyev birinchi darajali, sobiq «Uychi» shirkat xo’jaligini boshqargan, fermerlar kengashi rahbari bo’lib faoliyat ko’rsatgan Mahammadjon Ahmadaliyev ikkinchi darajali «Mehnat faxriysi» ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar.