«MASHAD SOHIBKORI» ZAFAR QUCHDI
«Mashad sohibkori» fermer xo’jaligi mirishkorlari zafar quchdilar.
Erta bahordan 35,3 gektar maydonda paxtaning xorijiy navi Xin Li Zao-52 yetishtirilib, barcha agrotexnik tadbirlar muddatida va sifatli bajarilgani tufayli mo’l hosil olindi. O’n ikki ish kunida 176,5 tonna «oq oltin» yig’ishtirib olinib, hosildorlik 50 tsentnerga yetkazildi.
Paxta terish mashinasi operatorlari Bahrom Mirzayev, Hoshimjon Turg’unovlar kuniga 30-35 tonnadan paxtani terib olib, g’alaba manzilini tezlashtirgan bo’lishsa, suvchi Mirabdullo Qodirov, Hasanboy Karimov, mexanizator Muhammadjon Og’liqmirzayev, Shokirjon Hamidov, Qodirali Qosimov, pudratchi Saida Sultonova, Lola Sherxanova, Dilorom Otamirzayeva, mazali taomlar tayyorlab bergan oshpaz Zokirjon Umarovlar mo’l va sifatli hosil yetishtirilishida fidoyilik ko’rsatdilar.
G’alaba muborak, g’oliblar safi kengayaversin!

