UYCHI TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI

O‘ZBEKISTON “MILLIY TIKLANISH” DEMOKRATIK PARTIYASI UYCHI TUMAN KENGASHINI XALQ DEPUTATLARI UYCHI TUMAN KENGASHIDA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA DEPUTAT SAYLOVIDA ISHTIROK ETISHGA IJOZAT BERISH TO‘GʻRISIDA

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Uychi tuman  Kengashining 2026-yil 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 20-Boyag’on saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovida ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20-, 89- va 93-moddalariga muvofiq, Uychi tuman saylov komissiyasi

Q A R O R  Q I L A D I :

  1. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Uychi tuman Kengashiga Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashida bo`shab qolgan o`rin deputati saylovida ishtirok etish uchun ijozat berilsin.
  1. Ushbu qaror Uychi tuman saylov komissiyasi rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.
  1. Mazkur qaror O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini Uychi tuman Kengashiga yuborilsin.

Rais K. BOLTIBAYEV.
Uychi tumani,

2026-yil 17-yanvar.