UYCHI TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI

O‘ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASI UYCHI TUMAN KENGASHINI XALQ DEPUTATLARI UYCHI TUMAN KENGASHIDA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA DEPUTAT SAYLOVIDA ISHTIROK ETISHGA IJOZAT BERISH TO‘GʻRISIDA

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uychi tuman Kengashining 2026-yil 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan xalq deputatlari Uychi tuman Kengashiga

saylov o‘tkazuvchi 20-Boyag’on saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovida ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlarini ko‘rib chiqib,

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20-, 89- va 93-moddalariga muvofiq, Uychi tuman saylov komissiyasi

Q A R O R   Q I L A D I :

  1. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uychi tuman Kengashiga Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashida bo`shab qolgan o`rin deputati saylovida ishtirok etish uchun ijozat berilsin.
  1. Mazkur qaror O‘zbekiston Ekologik partiyasini Uychi tuman Kengashiga yuborilsin.
  1. Ushbu qaror Uychi tuman saylov komissiyasi rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

Rais K. BOLTIBAYEV.
Uychi tumani,

2026-yil 17-yanvar.