UYCHI TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI
TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – O‘ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI XALQ DEPUTATLARI UYCHI TUMAN KENGASHIDA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA DEPUTAT SAYLOVIDA ISHTIROK ETISHGA IJOZAT BERISH TO‘GʻRISIDA
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Uychi tuman Kengashining 2026-yil 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 20-Boyag’on saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovida ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20-, 89-va 93-moddalariga muvofiq,Uychi tuman saylov komissiyasi
Q A R O R Q I L A D I :
- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberaldemokratik partiyasi Uychi tuman Kengashiga Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashida bo`shab qolgan o`rin deputati saylovida ishtirok etish uchun ijozat berilsin.
- Ushbu qaror Uychi tuman saylov komissiyasi rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.
- Mazkur qaror Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasini Uychi tuman Kengashiga yuborilsin.
Rais K. BOLTIBAYEV.
Uychi tumani,
2026-yil 17-yanvar.

