SO’RAGAN EDINGIZ
Savolga tuman adliya bo’limi yuridik xizmat kursatish markazi bosh yuristkonsultlari O.BOYXONOV VA D.TEMIROVlar javob berishadi.
Savol: -Mehnat ta’tili paytida kasal bo’ldim va menga 5 kunga kasallik varaqasi ochildi. Ta’til ichida davolandim, ishga chiqish kunida ishga chiqdim. Kadr ta’tilimni ishga chiqish kunidan uzaytiramiz 5 kun yana ta’tilda bo’lasiz deydi. Men yaxshiman, ishga chiqmoqchiman, kasallik varaqasida bo’lgan kunlarimni boshqa kuni foydalanaman desam ham rozi bo’lmay, majburan ta’tilimni uzaytirishmoqda. Shu to’g’rimi?
Javob: -Mehnat kodeksining 229-moddasiga ko’ra xodimlar quyidagi hollarda har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko’chirish huquqiga ega.
Ya’ni :
-vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;
-homiladorlik va tug’ish ta’tilining muddati boshlanganda;
-har yilgi mehnat ta’tili o’quv ta’tiliga to’g’ri kelib qolganda;
-davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarayotganda, agar qonunchilikda bunday majburiyatlarni bajarish uchun ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo’lsa;
-jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ko’rib turganimizdek sizning xolatingiz ushbu moddaning 1-qismiga tushadi, yahni siz mehnat ta’tili davrida mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan 5 kuningizni xohlasangiz uzaytirasiz, xohlasangiz boshqa kunga ko’chirishingiz mumkin bo’ladi.

