22-MART – «MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI»

Tumanimizda bo’lib o’tgan Navro’z saylida «Mahalla tizimi xodimlari kuni» munosabati bilan sohada namunali faoliyat olib borayotgan mahalla fuqarolar yig’inlari va «mahalla yettiligi» tuman hokimi tomonidan munosib taqdirlandi.
Jumladan,
-Keskanyor MFY (raisi Ilhomjon Sotiboldiyev);
-Bo’ston MFY (raisi Lutfilla Boriyev);
-Tepasaroy MFY (raisi Boburmirzo Mamadaliyev);
-Quvurboshi MFY (raisi G’ofirjon Haydarov) 50 million so’mlik vaucher bilan,
-Cho’rtuk MFY raisi Shokirjon Ahmadaliyev;
-Yangihayot MFY hokim yordamchisi Husniddin Kamolov;
-Shaftoli MFY xotin-qizlar faoli Muxlisxon Salimova;
-Olmurut MFY yoshlar yetakchisi Sardor Obilov;
-Qo’rg’oncha MFY ijtimoiy xodimi Nodira Abdulazizova;
-Soku MFY profilaktika inspektori Ilhomjon Abdullayev;
-Gulbog’ MFY soliq inspektori Qobuljon Nosirovlar 10 million so’mlik vaucherlar bilan taqdirlanishdi.
Tumanda Navro’z saylining ko’tarinki ruhda o’tishida faollik ko’rsatgan tuman madaniyat bo’limi (rahbari Kozimjon Nishonov) jamoasiga 50 million so’mlik vaucher taqdim qilindi.
Vaucherlarni tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Muzaffar Abdullayev, sektor rahbarlari, DXX tuman bo’limi xodimi, viloyat Kengashi deputati Tohirjon Ismatillayev, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Gavhar Hakimovalar topshirishdi.