DILSHODANING ILK KO‘RGAZMASI

Dilshoda Bobomir-zayeva 26-maktabning o’quvchisi. U 2-sinfda o’qib yurgan kezlari-danoq rassomchilikka qiziqqan. Uch yildirki, u Namangan davlat universitetida ustozi Baxtiyor Mamajonovdan rassomchilik sohasida bilimlarini mustahkamlab bormoqda. Kelajakda u Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida o’qishni maqsad qilgan.
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Dilshoda o’zi o’qiyotgan maktabda «Bahor isi» nomli ilk ko’rgazmasini namoyish etdi.
E’tiborxon ISMOILOVA,
26-maktab direktorining MMIB o’rinbosari.