«Bir ariza – bir natija» (1-0-1): endi bolani bog‘chaga joylashtirish uchun barcha xizmatlar bitta tizimda
⚔️ «Bir ariza – bir natija» (1-0-1): endi bolani bog‘chaga joylashtirish uchun barcha xizmatlar bitta tizimda
✅ Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish jarayoni «Bir ariza – bir natija» (1-0-1) tamoyili asosida to‘liq raqamlashtirildi.
💻 Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali quyidagi xizmatlarning barchasidan yagona tizim orqali foydalanishi mumkin:
✅ bolani bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanma rasmiylashtirish;
✅ zarurat bo‘lmaganda yo‘llanmani bekor qilish;
✅ tibbiyot muassasasiga elektron yo‘llanma olish va tibbiy ma’lumotnomani rasmiylashtirish;
✅ maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan shartnomani elektron shaklda imzolash.
🔄 Barcha jarayonlar turli idoralarga alohida murojaat qilmasdan, yagona platformada amalga oshiriladi.
⚙️ Shuningdek, bolani tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayoni ham to‘liq avtomatlashtirildi. Endilikda ushbu jarayon inson omilisiz va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
📌 Avvallari ota-onalar ushbu jarayonni yakunlash uchun 20 kungacha vaqt sarflar, bir nechta idoraga murojaat qilishlariga to‘g‘ri kelar, hujjatlarni kelishish va rasmiylashtirish esa inson omili ishtirokida amalga oshirilardi.
🚀 Endi esa barcha bosqichlar yagona raqamli tizimga birlashtirildi. Natijada bog‘chaga joylashtirish tartibi ota-onalar uchun yanada qulaylashdi, vaqt va ortiqcha hujjatbozlik kamaydi, xizmatlarning shaffofligi hamda tezkorligi oshirildi.
Dilbarxon MIRZAYEVA,
tuman adliya bo’limi DXM bosh mutaxassisi.

