YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSIDA YILLIK MEHNAT TA`TILLARI

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2023-yil 30 apreldan kuchga kirdi. Yangi kodeksda xodimlarga yillik asosiy mehnat ta’tilining eng kam muddati 21 kalendar kuni etib belgilandi. Avval bu muddat kamida 15 ish kunini tashkil etardi. Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelganda dam olish kuni bayramdan keyingi kunga ko‘chiriladi.
Yangi MK «ijtimoiy ta’tillar» tushunchasini kiritmoqda. Bu – хodimlarga onalik, bolalarni parvarishlash, ta’lim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek boshqa ijtimoiy maqsadlarda beriladigan ta’tillardir. Ularga quyidagi ta’tillar kiradi:
1) homiladorlik va tugʻish;
2) bola parvarishlash;
3) oʻquv;
4) ijodiy.
Ularni taqdim etish va rasmiylashtirishda tub oʻzgarishlar kutilmayapdi. Bunda yangi MK ijtimoiy ta’tillar boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin emasligiga aniqlik kiritdi
• boshqa muddatga koʻchirish (agar ular oʻz vaqtida ishlatilmagan boʻlsa);
• pulli kompensatsiya bilan almashtirish;
• jamlash.
Ularning qonunchilikda belgilanganiga nisbatan uzoqroq davomiyligini belgilashga esa yoʻl qoʻyiladi.
Sh. DADABOEV,
tuman adliya bo`limi YXKM bosh yuriskonsulti.