MEHNAT TA’TILIGA QANCHA MUDDATDA CHIQILADI?

Mehnat kodeksining 227 va 228-moddalarida birinchi ish yilida hamda ikkinchi va uchinchi ish yillarida beriladigan mehnat ta’tillari haqida so‘z boradi.

-birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan 6 oy o‘tganidan keyin yuzaga keladi;

-mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishlagan 6 oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkin.

Ya’ni, umumiy qoida sifatida xodim ishga kirganidan so‘ng 6 oy o‘tganidan keyin mehnat ta’tiliga chiqishi mumkin bo‘lsa, agar ish beruvchi bilan kelishuvga erishsa, 6 oy o‘tmasa ham ta’tilga chiqsa bo‘ladi.

I.DAVRANOV,

tuman Adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti.