MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH
Muddatli mehnat shartnomasi muddati o’tishi bilan bekor qilinishi mumkin. Mehnat kodeksida noaniq muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi qanday asoslarga ko’ra to’xtatilsa, xuddi shunday asoslarga binoan, muddatli mehnat shartnomasi ham bekor qilinishi nazarda tutilgan. Muddatli mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuviga binoan, muddati tugatishga qadar istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. Bundan tashqari, xodimning tashabbusi bilan muddati tugamasidan mehnat munosabatlari to’xtalishi mumkin. Buning uchun, noaniq muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini to’xtatishda bo’lgani dek, xodim ish beruvchini ikki hafta ilgari ogohlantirishi kerak. Ish beruvchining tashabbusi bilan ham muddatli mehnat shartnomasi muddatidan ilgari to’xtatilishi mumkin. Ammo, qonuniy asoslar bo’lganidagina ish beruvchiga shunday huquq beriladi (korxonaning tarqatib yuborilishi, xodimlar sonining o’zgarishi, xodimning bajarayotgan ishga nomunosibligi, xodim mehnat burchlarini buzishi va shu kabilar). Muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqti uchun tuzilgan mehnat shartnomasini to’xtatishning o’ziga xos xususiyati shundaki, muddati tugashi bilan har ikkit omon, garchi bir tomon istagiga qarshi bo’lsa-da, mehnat munosabatlarini to’xtatishga haqlidir Mehnat kodeksi muddati tugalaganligi sababli muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishda homilador ayollarga va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga qo’shimcha kafolatlarni ko’zda tutadi.
Sh.DADABOYEV,
tuman adliya bo`limi YXKM bosh yuriskonsulti.

