AHOLI VA TADBIRKORLAR UCHUN YANA BIR QULAYLIK: QURILISHGA RUXSAT OLISH MUDDATI QISQARDI
Adliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida eksperiment tariqasida qurilishga ruxsat berish va arxitekturarejalashtirish topshirig‘ini (ART) ishlab chiqish davlat xizmatlari kompozit tarzda ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma qaror tasdiqlandi.
Mazkur hujjatga asosan 2025-yil 15-fevraldan boshlab, qurilishga ruxsat berish va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatlar va ko‘rib chiqish bosqichlari sezilarli darajada qisqartirildi.
Xususan, umumiy muddat 20 ish kunidan 12 ish kuniga, ko‘rib chiqish bosqichlari 11 dan 7 taga qisqartirildi va yig‘im miqdori BHMning 1,5 baravardan 0,5 baravariga tushirildi.
Dilbarxon MIRZAYEVA,
tuman davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

