FUQAROLAR TASHABBUSI BILAN KO‘CHA ASFALTLANMOQDA

4-sektor hududidagi Yangichek mahallasining «Himoyachi 4» ko‘chasida istiqomat qiluvchi 18 ta xonadon egalari birlashib, xayrli ishga qo‘l urdilar.

Ular hamjihatlikda o‘z mablag‘lari hisobidan 350 metr masofaga (81 mln. so‘m) mablag‘ yig‘ib, asfalt yotqizishmoqda. Bundan tashqari, ushbu fuqarolar Saydonariqning Navoiy mahallasiga o‘tish joyiga ko‘prik qilishdi, yoritish chiroqlari o‘rnatishdi. Ko‘prik aholi uzog‘ini yaqin qilgan bo‘lsa, tungi charog‘onlikdan qariyalar behad mamnun.

Bu kabi saxovatli ish boshida turgan ko‘cha faollariga samimiy tashakkur bildiramiz.