JAJJILARGA TUHFA

Shaftoli mahallasidagi 43-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiuchun yangi bino foydalanishga topshirildi.

Mazkur muassasa tashkil topganiga olti yil bo‘lib, moslashtirilgan binoda faoliyat olib borayotgan edi. Keyingi vaqtda bino yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli muassasa faoliyati vaqtincha to‘xtatilgandi. Aholi talab-istaklaridan kelib chiqib, muassasa uchun 4,5 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga «Kelajak mega stroy» MCHJ tomonidan 120 o‘rinli yangi bino qurib, bitkazildi.

Muassasaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat prokurori U.Madraximov ishtirok etib, xalqimiz roziligi yo‘lida amalgam oshirilayotgan bu kabi bunyodkorliklar kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga e’tiborning yorqin namunasi ekanligini ta’kidladi.

Mehmonlar va faxriylar ishtirokida ramziy lenta qirqilib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Marosimda tuman hokimi Sh.Musayev, sektor rahbarlari ishtirok etdilar.