MA’NAVIYATLI YOSHLAR VATAN TAYANCHI

Yangi O‘zbekiston tarixiy bosqichiga qadam qo‘yilgan ilk kunlardan buyon Yurtboshimiz tomonidan alohida va uzluksiz e’tibor berilayotgan masala ma’naviyat va ma’rifat bo‘lgani holda, boy va hech kimda yo‘q tarixiy-madaniy merosimiz qadr-qimmatini o‘rniga qo‘yish, uni chuqur o‘rganish, undan ta’lim va tarbiyadek o‘ta zarur va nozik sohada unumli foydalanishga alohida urg‘u berib kelinayotgani ham haqiqatdir. Mamlakatimiz hayotida tarixiy bir voqea bo‘ldi. Davlatimiz rahbari bir fikrni aytdilar:

«Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni, ruhi ma’naviyatdir. Chunki ma’naviy asoslarsiz, ma’naviy negizlarsiz, ma’naviy qadriyatlarsiz, ma’naviy-milliy ruhsiz hech bir davlat o‘zining yuksak maqsadlariga erisha olmaydi. Agar biz bobolarimiz yaratgan ikkita Renessansning asosiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ikkalasida ham o‘sha iqtisodiy rivojlanish bilan ruhiy rivojlanish uyg‘unligini ko‘ramiz». «Avlodlar uchrashuvi» loyihasi asosida barcha ta’lim muassasalarida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan faxriy avlod vakillari bilan uyushmagan yoshlarning uchrashuvlarini tashkil etish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi, nazarimizda. Bundan tashqari, yoshlarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi loyihalarni amalga oshirishdek ezgu maqsadlar sari intilishimiz, ularga albatta, yetishimiz kerak.

Zuhriddin USMONOV,

1-sonli politexnikumning maxsus fan o‘qituvchisi.