MILLIY LIBOS – MILLAT G‘URURI

16-maktabda «Milliy libos – millat g‘ururi» deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputati Akmaljon Abdullayev, Islomobod MFY raisi Boburbek Ahmedov, milliy gvardiya vakili, inspektorpsixolog Ismoil Toshtemirovlar ishtirok etishdi.

Milliy liboslarimiz – bu nafaqat kiyim-kechak, balki ajdodlarimiz merosi, madaniyatimiz timsoli va iftixorimizdir. Har bir chakmon, do‘ppi yoki atlasu adrasdan tikilgan libosda bobokalonlarimizning ma’naviyati, an’analari va nafis zehni mujassam. Bugungi kunda milliy liboslarimiz nafaqat bayramlarda, balki kundalik hayotimizda ham o‘z o‘rnini topib bormoqda. Ularni kiyish – nafaqat an’analarga sadoqat, balki zamonaviylik va o‘ziga xoslik belgisidir.

Maktabdagi tadbirlar navoiyxonlik kechasi bilan yakunlandi.

Halimjon MURODOV,

16-maktab direktori.