NAMUNALI KENGASH FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi «Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida»gi KQ-51-V sonli qaroriga asosan 2025-yilning birinchi yarim yilligida har bir hududda bittadan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Jumladan, Namangan viloyati bo‘yicha xalq deputatlari Uychi tumani Kengashi faoliyati namunali yo‘lga qo‘yiladigan Kengashlar ro‘yxatiga kiritildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashida bo‘lib o‘tgan seminar namunali Kengash faoliyatini shakllantirishga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi O.Mamatkarimov, Senat a’zosi I.Najmiddinov, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi S.Mo‘minov, tuman hokimi Sh.Musayev, shuningdek, tuman Kengashi deputatlari, kengash kotiblari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Qarorda belgilangan vazifalar hamda namunali Kengash maqomini shakllantirish mezonlari bo‘yicha atroflicha tushuntirish berildi. Mahalliy Kengashlarning samaradorligini oshirish, aholining dolzarb muammolarini tezkor hal qilish, qonunchilik ijrosini ta’minlash hamda deputatlarning mas’uliyatini kuchaytirish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahalliy Kengash faoliyatini xalq manfaatlariga yo‘naltirish, fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududiy rivojlanish jarayonlariga keng jalb etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Nargiza DEDAXANOVA ,

xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati.

******

Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini namunali Kengashga aylantirish borasida amaliy ishlar boshlandi. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Nargiza Dedaxanova boshchiligida deputatlardan bir guruhi tajriba almashish maqsadida Yangi Namangan tumanida bo‘ldi.

Dastlab Yangi Namangan tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Jamolitdinov faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Yaratilgan shartsharoitlar, xonalarning zamonaviy texnikalar bilan jihozlanishi e’tirofga loyiqligi alohida ta’kidlandi.

Gavhar HAKIMOVA,

tuman Kengashi deputati.