«NAMUNALI KENGASH QANDAY BO‘LADI: REJA VA TAKLIFLAR»
Ma’lumki, Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi tegishli qaroriga asosan Namangan viloyati bo‘yicha xalq deputatlari Uychi tumani Kengashi faoliyati namunali yo‘lga qo‘yiladigan Kengashlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Ayni vaqtda xalq deputatlari tuman Kengashida namunali Kengash faoliyatini shakllantirish bo‘yicha amaliy ishlarga kirishildi. Kengash faoliyati uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish bilan birga, me’yoriy hujjatlarning yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kengash faoliyatining namunali tashkil qilinishida OAV, ijtimoiy tarmoqlar va resurslardan samarali foydalanish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman Kengashi kotibiyati tomonidan «Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashi kotibiyatining 2025-yil 1-chorak uchun doimiy komissiyalar va deputatlarning faoliyati bo‘yicha o‘tkaziladigan media reja» tasdiqlandi. Unga ko‘ra, tuman hokimligi axborot xizmati bilan hamkorlikda birinchi chorak davomida 12 banddan iborat media tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, 9 ta brifing, 2 ta press tur, 1 ta matbuot anjumani o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bu tadbirlar orqali Kengash hamda deputatlar faoliyati, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar keng ommaga yetkazib boriladi hamda ochiqlik siyosati ta’minlanadi.
Matbuot anjumanida tuman hokimligi axborot xizmati rahbari M.Qambarov, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Dedaxanova mavzu bo‘yicha ma’lumot, tushunchalar berishdi.
Matbuot anjumani ishtirokchilari, OAV va blogerlar vakillari mavzu yuzasidan takliflar bildirishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Ulug‘bek MAHKAMOV,
tuman Kengashi deputati.

