SPORT: EPCHILLIK VA MAHORAT NAMOYISHI

34-maktabda «Qo‘l to‘pi o‘yin qoidalari, to‘pni uzatish va qabul qilish, ikki tomonlama o‘yin o‘ynash» mavzusida ochiq dars mashg’uloti tuman seminari tarzida tashkil qilindi. Mashg‘ulotda mehmonlar A.Sobirov, 1-sonli sport maktabi direktori Sh.Madraimov, sport faxriylari J.Merganov, R.Mirzayev, Bo‘yog‘on MFY raisi M.Karimovlar ishtirok etdilar. Darsni jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari A.Mamadaliyev, G.Qozoqova, yordamchilar J.Tursunov, Y.Ergashevalar 11-«B» sinf o‘quvchilari ishtirokida mahorat bilan o‘tib berishdi.