TA’TILLAR BERISHNING UMUMIY TARTIBI

Amaldagi Mehnat kodeksi 3-bob 213-242-moddalarida ta’tillar berishning umumiy tartibi belgilangan. Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan keyin xodimning yozma arizasiga asosan beriladi. Ta’lim muassasalari o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinish vaqtidan qat’i nazar, yozgi ta’tillar paytida ishlangan vaqtiga qarab ta’til beriladi. Ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim. Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga ko‘ra joriy yilda ta’tilni to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta’tilning 12 ish kunidan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin, shu yili undan, albatta, foydalanilishi lozim. 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga yillik ta’tilni, shuningdek, yillik qo‘shimcha ta’tillarni bermaslik taqiqlanadi. Yillik asosiy ta’til ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun ta’tillar kalendar yil boshlangunga qadar ish beruvchi

tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga ko‘ra belgilanadi.

Shu bilan birga, ishga kirganiga 6 oy o‘tmasdan turib quyidagi xodimlarga mehnat ta’til berilishi mumkin:

-ayollarga – homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;

-I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

-18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;

-muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;

-o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga – asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda;

-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim muassasalarida (umumiy ta’lim maktablarida, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarida) o‘qiyotganlarga;

-texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yohud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga.

A.DEHQONOV,

tuman adliya bo‘limi YXKM boshlig‘i,

D.TEMIROV,

YXKM bosh yuriskonsulti.