UCH AVLOD UCHRASHUVI

25-maktabda «Uch avlod uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi. Unda maktabning sobiq o‘quvchisi Muzaffar Qo‘chqorovning ustozlari va DXX Sharq qo‘shinlari poligonidan podpolkovnik B.Tojiyev, faxriy harbiylar ishtirok etdilar. Nafaqadagi ustoz Hodisaxon Xudoyberdiyeva, tuman MMTB boshlig‘i Muzaffar Mo‘minov, ona tili fani o‘qituvchisi G‘olibaxon Qo‘chqorova, maktab direktori Ulug‘bek G‘aniyev, CHQBT ustozi Solijon Mirzaaliyev, maktab psixologi Hoshiyaxon Almatovalarga «Tashakkurnoma»lar topshirildi. Vatanparvarlik ruhida o‘tgan tadbirda chegara qo‘shinlarining harbiy chiqishlari, harbiy qismning askarlari va maktab o‘quvchilari ishtirokidagi «Zakovat» intellektual o‘yini barchada unutilmas taassurotlar qoldirdi.