UYCHIDA «OILA VA XOTIN-QIZLAR MASKANI» OCHILDI

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tumanimizda «Oila va xotin-qizlar maskani»ning ochilish marosimida ishtirok etdi. Ushbu maskan tuman markazida tashkil qilingan bo‘lib, unda kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka ko‘maklashish, fitnes va raqs, psixolog va yurist, bolalar, tibbiyot, oila qurish arafasida turgan yoshlarni turmushga tayyorlash xonalari mavjud. Bu yerda «Ibrat» o‘quv markazining IT yo‘nalishidagi filiali ham o‘z faoliyatini boshlab, endilikda «Yoshlar daftari», «Ayollar daftari»ga olingan fuqarolar uchun o‘quv kurslari bepul yo‘lga qo‘yiladi.

Maskanning ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat rahbari yoshlarni hayotga tayyorlashda, oilalar mustahkamligi va xotin-qizlar bandligini ta’minlashda, salomatligini yaxshilashda bu kabi maskanlarning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi.

TohirjonISMATILLAYEV,

«Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i, viloyat Kengashi deputati.