VATAN MANFAATI YO‘LIDA BIRLASHAYLIK!

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uychi tuman bo‘linmasi kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilotlarda hisobotsaylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida 22-maktabda «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida Nizom» talablariga rioya etgan holda hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda «Maktab kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-yil apreldan 2025-yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari, xodimlarning ijtimoiy- iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida», maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, qo‘mita tarkibini saylash to‘g‘risida, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi hisobot-saylov konferensiyasiga delegat saylash to‘g‘risidagi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdurashid Nabijanovning hisoboti eshitildi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Namangan viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Lutfiddin G‘aniyev, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashi raisi Mirzamahmud To‘xtaboyevlar ishtirok etdilar hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari oldida turgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar.

Maktab kasaba uyushma qo‘mitasiga rais va rais o‘rinbosarlari, qo‘mita a’zolari yopiq-yashirin ovoz berish orqali saylandi. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasining navbatdagi konferensiyasiga delegat etib maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdurashid Nabijanov saylandi. Yig‘ilishda maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va qo‘mita a’zolari o‘z roziliklari bilan o‘zlariga dublyor sifatida nomzodlar ko‘rsatdilar. Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.