VATANGA XIZMAT – BURCH

23-maktabda «Qurolli kuchlarning mard o‘g‘lonlari» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti kursantlari Otabek Isoqjonov, Jasurbek Alisherov, Shoxruxbek Abdullajanovlar bilan uchrashdilar. Yangi O‘zbekiston yoshlari mustahkam bilim, kuchli ishtiyoq, faol tashabbus, fidoyilik, vatanparvarlik, mardlik namunalarini ko‘rsatib, kelajak maqsadlari sari og‘ishmay harakat qilishlari, yaratilgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalangan holda o‘z yutuqlari bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari lozimligi ta’kidlandi.

Kinokarvon loyihasi doirasida «Vatanni sevmoq iymondandir» nomli ijtimoiy videolavha namoyish etildi. Yakunda kursantlarga tashakkurnomava kitoblar jamlanmasi topshirildi.

D.ABDIQAXAROV,

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi.