Ayol
Yoriga vafodor bo‘ladi ayol,
Uyalib aytolmay suradi hayol.
Qalbining to‘riga sevgisin joylab,
Muhabbat rashkida kuyadi ayol.
Ibosi, hayosi shundadir misol,
Ko‘nglini ranjitib qilmangiz uvol.
Baxtiyor onlarni qilsangiz tortiq,
Yaratganga shukr qiladi ayol.
MahbubaYOQUBBOYEVA.

