Bahor nafasi
Ufurib kelmoqda bahor nafasi,
Tog‘larda lovillar qizil lolasi.
Tabiat rangidan zavqlandi ko‘zim,
Novdaga chizildi kurtak shodasi.
Shildirab oqardi muzlagan anhor,
Unganda moychechak kelibdi bahor.
Atirgul yaprog‘i ochganda g‘uncha,
Bulbullar sevgisin qiladi izhor.
Yerlarga yoyildi rango-rang gilam,
Fusunkor gullari chiroyli biram.
Xushbo‘y hidlarini olamga yoyib,
Bahoroy kelibdi, qarang, chindanam.
MahbubaYOQUBBOYEVA.

