ENERGETIKA VAZIRLIGI ELEKTR VA GAZ BO‘YICHA LIMITLARNI QAYTA KO‘RIB CHIQISH HUQUQIGA EGA

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi «Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘ienergetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2024-yil 16-apreldagi 204-sonli qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida»gi 133-sonli qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, havo haroratidan kelib chiqib, Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining oylik bazaviy me’yorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Bazaviy me’yorlarning amal qilish muddatlaridagi o‘zgarishlar vazirlik saytida va OAVda e’lon qilinishi kerak bo‘ladi.

Otajon YO‘LDASHEV,

Norin tuman yuridik xizmat ko‘rsatish mazkazi bosh yuriskonsulti.