FIRIBGAR TUZOG‘I PARCHALANDI

Firibgarlik turi kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bundan himoyalanishning samarali yo‘llaridan biri o‘z ustida mustaqil ishlab, barcha sohalarda bilimlarni oshirib borishdir. Shundagina firibgarlar tayziqidan tashqi immunitet hosil qilib, o‘z mol-mulki daxlsizligini saqlaydi kishi. Aks holda har qanday olg‘ir chuv tushirib ketishi hech gapmas.

Hamyurtimiz A.O. ham telefon orqali ijtimoiy tarmoqda bog‘langan yangi tanishi A.Sh.ning cho‘pchaklariga ishonib, 760 ming so‘m miqdoridagi pullarni qo‘shqo‘llab topshirdi. Firibgar tuzog‘iga ilinganini bilgach organga murojaat qildi. A.O. esa asli Andijon viloyati, Baliqchi tumanidan bo‘lib chiqdi. Tezkor xatti-harakatlar natijdasida uning shaxsi tez orada ochiqlandi, firibgarligi fosh etildi.

I.RAHIMJONOV,

tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi, kapitan.