IJTIMOIY SHARTNOMA QANDAY TUZILADI?
Vazirlar Mahkamasining «Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 125-sonli qarori qabul qilindi.
Prezidentning PF-143-sonli Farmoniga muvofiq kambag‘al oilalarga qo‘llab-quvvatlash choralari mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash, o‘z tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, chet tillarni o‘rganish va boshqa shartlarni hisobga olgan holda ijtimoiy shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Bunda ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish (ijtimoiy nafaqadan tashqari) to‘xtatiladi.
Hujjat bilan Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish uchun ijtimoiy shartnoma tuzish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
*Ijtimoiy shartnoma asosida qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish;
*Ijtimoiy shartnomani va unda nazarda tutilgan shartlarni rasmiylashtirish;
*Ijtimoiy shartnoma bajarilishini nazorat qilish.
Jamshid MAHMUDOV,
Norin tuman yuridik xizmat ko‘rsatish mazkazi bosh yuriskonsulti.

