KO‘CHMAS MULK OBYEKTI KADASTR PASPORTI QANDAY OLINADI?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-sonli «Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Ko‘chmas mulk egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda arizani yuboradi.
So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi. a) ko‘chmas mulk obyektlarining turarjoyga oid qismi bo‘yicha:
-ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
-yakka tartibdagi turarjoy – 5 ish kunigacha;
- b) ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
-umumiy maydoni 100 kv.m. gacha – 5 ish kunigacha;
-umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1 000 kv.m. gacha – 7 ish kunigacha;
-umumiy maydoni 1 000 kv.m. dan 5 000 kv.m. gacha – 10 ish kunigacha;
-umumiy maydoni 5 000 kv.m. dan 15 000 kv.m. gacha – 15 ish kunigacha;
-umumiy maydoni 15 000 kv.m. dan 50 000 kv.m. gacha
– 20 ish kunigacha;
-umumiy maydoni 50 000 kv.m. dan ortiq – 25 ish kunigacha;
– ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha – 3 ish kunigacha.
D.TEMIROV,
tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

