KO‘NGILLAR SHOD AYLANDI

Hayotimizning ko‘rki va fayzi bo‘lgan xotin-qizlarimizni hurmat qilish dono xalqimiz uchun azaldan yuksak qadriyat bo‘lib kelgan.

19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Ayolga ehtirom» haftaligida ta’limda uzoq yillar faoliyat olib borib, hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan, keksalik gashtini surayotgan, mehnat faoliyati davomida bir qator shogirdlar yetishtirgan ustoz va murabbiylar holidan xabar olinib, ularni bayram bilan muborakbod etildi.

Ustozlar bu e’tibordan mamnun bo‘lib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi uchun duoda bo‘lishdi.

Sevara JO‘RAYEVA,

MMIBD o‘rinbosari.