MA’RIFATLI VA SADOQATLI AVLOD TARBIYASIGA MAS’ULMIZ

Prezidentimiz korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda «Islohotlar natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bog‘liq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart», degan fikrlarni aytib o‘tdilar.

Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jamiyatimizning ustuvor vazifalaridandir. Buni samarali amalgam oshirish ma’rifatli, sadoqatli va korrupsiyaga qarshi yangi avlodni tarbiyalashga bog‘liqdir.

Shularni inobatga olgan holda muassasamizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Jamiyatni korrupsiyadan holi hududga aylantirishga barchamiz mas’uldirmiz.

Maktabgacha ta’lim tizimida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, har qanday vaziyatni odillik bilan hal etish kerakligi tushuntirildi.

Bolalarga halollik, odillik tushunchalarini yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘yinli metodikalar, syujetli rolli o‘yinlar orqali o‘rgatib borish kerakligi aytib o‘tildi.

Naimaxon IMAMOVA,

2-DMTT direktori, viloyat Kengashi deputati.