SHUBHALI SHAXS SIRI FOSH BO‘LDI
Qonunbuzarning yurish-turishida shubhali harakatlar bo‘ladi. Buni tajribali inson darrov payqaydi.
Hamyurtimiz I.A. bilan ham shunday holat yuz berdi. U gugurtga joylashgan giyohvandlik moddasini sport kiyimining o‘ng cho‘ntagiga joylab olib ketayotganda organ xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Tekshiruv jarayonida yashirilgan zahri qotil fosh bo‘ldi.
Endilikda I.A. qilgan jinoyati uchun qonun oldida javobgardir.
N.MURODOV,
tuman IIB huzuridagi TB TG tergovchisi, kapitan.

