TA’LIM FIDOYILARI E’ZOZDA
8 mart – Xalqaro xotinqizlar bayrami munosabati bilan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tuman madaniyat markazidagi bayram tadbirida 244 nafar ta’lim sohasidagi fidoyi xotin-qizlar vakillari ishtirok etdilar.
Tantanada tuman hokimining o‘rinbosari S.Ahmadaliyeva, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.Mo‘minov, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashi raisi M.To‘xtaboyevlar samimiy tilaklar bildirishdi.
Tuman madaniyat markazi xonandalari hamda kichkintoylar ishtirokidagi konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

