«VILOYAT HOKIMI KUBOGI» G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Tumanimizda yuksak saviyada o‘tkazilgan «Viloyat hokimi kubogi» shaxmat musobaqasi o‘zining yakuniy taqdirlov bosqichiga yetib keldi.

Tuman madaniyat markazida tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Tuman hokimi Sh.Musayev birinchi o‘ringa 2 million, ikkinchi o‘ringa 1,5 million, uchinchi o‘ringa 1 million so‘m pul mukofotlarini topshirdi.

Tuman bosqichida g‘olib chiqqan ishtirokchilar viloyat bosqichida kurashni davom ettirishadi. Oldinda yanada keskin va shiddatli bahslar kutib turibdi.