XIZMAT ITLARIDAN FOYDALANING
Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kinologiya bo‘linmasida hozirgi kunda nasldor xizmat itlari soni 43 boshga yetkazildi.
Mavjud xizmat itlaridan jami 41 boshi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Shundan 4 boshi portlovchi moddalarni, 13 boshi giyohvand moddalarni qidirib topish, 23 boshi iz-qidiruv, 1 boshi qo‘riqlash yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlangan.
Namangan viloyati IIB JXX JTSB kinologiya bo‘linmasi xodimlari Pop tumanida joylashgan «Namangan» muntazam YPX hamda Norin tumanida joylashgan «Norin» YPX maskanlarida, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Qizilyozi» MNM postlarida kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan giyohvandlik moddalari, portlovchi moddalarni qidirib topish yo‘nalishida tayyorlangan xizmat itlari bilan kunu tun xizmat qilib kelishmoqda.
Hozirgi kunda Namangan viloyati IIB JXX JTSB kinologiya bo‘linmasi xodimlari tomonidan shartnoma orqali fuqarolarga tegishli bo‘lgan itlarini umumbo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovullik ko‘nikmalari shakllantirib berilishi hamda IIB kinologiya bo‘linmasi ehtiyojidan ortiq bo‘lgan xizmat itlarini tegishli tartibda sotilishi yo‘lga qo‘yildi.
J.BEKMIRZAYEV,
boshqarma JXX JTSB kinologiya bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan.
S.AKBAROV,
kichik inspektor, safdor.

