CHEMPIONLAR SONI OSHMOQDA

«Namangan qalqon maxsus guruh» nodavlat ta’lim muassasasida bugungi kunda olti yuzga yaqin o‘g‘il-qiz ta’lim olmoqda.

Jizzax shahrida muaytay bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida muassasa kursantlari ham ishtirok etdilar. Quvonarlisi, ulardan to‘rt nafari sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, kursant Lazizbek Ne’matillayev 54 kg. vaznda birinchi o‘rinni egallab, chempion bo‘ldi. Firdavsbek Hakimjonov 63,5 kg. vaznda, Charos Muhammedova 75 kg. vaznda ikkinchi o‘rinlarni zabt etishdi. Sevara Soyibnazarova 67 kg. vaznda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.