ENG OLIY VA MUHIM ORGAN

2024-yil 25-oktyabrda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-982-sonli Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston
Respublikasidagi ijro etuvchi hokimiyatning eng oliy va muhim organ ekanligini belgilab berdi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Mazkur Qonunga asosan Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Hukumatining a’zolari – Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
A.JO‘RAYEV,
Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi,
M.FAYZULLAYEV,
tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi.