NURONIYLAR YO‘QLANDI

Navro‘z – mehr-oqibat va saxovat ayyomi. Bayram munosabati bilan yuz bilan yuzlashgan hamda front orti mehnat faxriylari yo‘qlandi.

Tuman hokimi Sh.Musayev, «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi, viloyat Kengashi deputati T.Ismatillayev faxriylarni yo‘qlab, «Nuroniy» jamg‘armasi viloyat bo‘limining bayram sovg‘alarini topshirishdi.

Shaftoli, Dahiyakota MFYlarida yashovchi 105 yoshni qarshilagan Fotimaxon aya Qo‘chqorova hamda Muborakxon aya Umarovalar, Axsi MFYda istiqomat qiluvchi front orti mehnat faxriysi Hamroxon aya Xolmirzayeva yo‘qlovdan mamnun bo‘lib, duolar qilishdi.

Yo‘qlovlar jarayonida «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, tomorqadan samarali foydalanish o‘rganildi va tavsiyalar berildi.

Nargiza DEDAXANOVA,

tuman Kengashi deputati.